Biz haqimizda

2018 yil aprel oyidan Ilg‘or texnologiyalar Markazi ilmiy-tadqiqot muassasasi maqomida Innovatsion rivojlanish vazirligi tarkibiga kiritilgan. Markaz vazirlikning texnologik maydonchasi bo‘lib, u olimlar, innovatorlar va tadbirkorlar, barcha ishtirokchilar va umuman O‘zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiy jihatdan foydali bo‘lgan qo‘shma yechimlar ishlab chiqish imkoniyatini beradi. Ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni tijoratlashtirish va trasnfe­ri borasida tubdan yangi yondashish – Markazning asosiy xususiyati hi­sob­lanadi. Markazning maqsadi istiqbolli g‘oyalar va innovatsion ishlan­ma­larni shakllantirishga yordam berish, shuningdek, uskunalar va infratu­zil­mani almashish orqali yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni kompleks qo‘llab-quvvatlashdir. Markaz tadqiqot va innovatsiyalar sohasida yuqori standartlarni qo‘llashda yetakchilik qilishni maqsad qilgan. Mamlakatni innovatsion ekotizimini rivojlantirish va yangi “innovatsion fikrlovchi“ yoshlarni tayyorlashni, shu jumladan, fan sohasida gender tengligini qo‘llab-quvvatlashni ta’minlashda texnologik maydoncha bo‘lib xizmat qiladi. Markazning eshiklari tajribali olimlar, shuningdek ilm-fan hayotining ajralmas qismi bo‘lgan yosh tadqiqotchilar va ishlab chiqaruvchilar uchun doimo ochiqdir. Markazning asosiy vazifalari : -fundamental, amaliy ilmiy tadqiqotlarni va ilg‘or texnologiyalar sohasida innovatsion ishlanmalarni amalga oshirish; -maqsadli ilmiy-texnik va innovatsiya dasturlarini amalga oshirish, ilmiy-tadqiqot va rivojlantirish tuzilmalarni tashkil etishga ko‘maklashish; -ilm-fanga asoslangan texnologiyalarni va ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqish, modellashtirishda, maketlashtirishda,-yangi innovatsion mahsulotlar tayyorlash va ularni sinovdan o‘tkazishda qatnashish; akademik, OTM va sanoat sohalarida ilm-fan bilan samarali hamkorlik qilish; yangi istiqbolli g‘oyalar va ishlanmalarni shakllantirishga ko‘maklashish; -yoshlarning zamonaviy tadqiqot usullarini o‘rganishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, ilmiy tajribaga axborot texnologiyalari imkoniyatlarini joriy etish, xalqaro ilmiy aloqalarni kengaytirish va mustahkamlash. Hozirgi vaqtda Markaz zamonaviy biotexnologiya, geofizika va nanomineralogiya, xujayra texnologiyasi, eksperimental biofizika, fizik-kimyoviy, tadqiqotlar usullari, fudomika bilan shug‘ullanuvchi 6 ta laboratoriyadan, shuningdek, yangi axborot texnologiyalari tadqiqotlari va ilmiy-texnika axboroti bo‘limi, tijoratlashtirish bo‘limidan iborat. Ishlab chiqarish bilan integratsiyalashuvning bir qismi sifatida davlat va xususiy kompaniyalar hamda tashkilotlarga tahliliy xizmatlarning keng spektri taqdim etiladi. Markazning asosiy ilmiy yo‘nalishlari : -Turli dorilar ishlanmalarini olish uchun samarali texnologiyalarni rivojlantirish (shu jumladan, antimikrobli va fungitsid xususiyatli, antibiotik va virusga qarshi, rekombinant dori darmonlar); -Istiqbolli, mamlakatimiz ishlanmasi bo‘lgan dori vositalarining biologik ta’sirini skrining qilish; – Ijtimoiy ahamiyatga ega kasalliklarning molekular genetika sohasidagi tadqiqotlari: irsiy (tug‘ma patologiyali), multifaktorial va yuqumli kasalliklar; -Tibbiyot va qishloq xo‘jaligi uchun klinik va biokimyoviy tadqiqotlar uchun zamonaviy sinov to‘plamlarini ishlab chiqish; -Inson va boshqa tirik tizimlarni xemometrika va metabolimika sohasida fundamental tadqiqotlarni yangi yo‘nalishlarini rivojlantirish; -O‘simliklarni mikroklonal ko‘payish texnologiyalarini rivojlantirish (dorivor, manzarali, qishloq xo‘jaligiga ahamiyatli); -O‘zbekistonda asl metallar va nodir yer minerallashuvini baholash, izlash va geologik qidirish bo‘yicha ilmiy metodologiyani ishlab chiqish – O‘zbekiston hududining yopiq va noan’anaviy mineralizatsiya turlari bo‘yicha istiqbollarini baholash, mineral zaxiralar uchun istiqbolli maydonlarni aniqlash; -Texnogen va tabiiy jarayonlarni kuzatish uchun innovatsion geofizik texnologiyalarni ishlab chiqish; -Boyitish va qayta ishlash jarayonida foydali komponentlari konsentratsiyasi kam bo‘lgan ma’danlarni o‘rganish, foydali komponentlari kam kontsentratsiyali yopiq, katta hajmli va noan’anaviy ob’ektlarni izlash va baholash.; -Yangi kompozit materiallarni olish texnologiyasini, yuqori quvvatli lazer nurlanishining qattiq moddalar bilan o‘zaro ta’sirida mikronli membranalar va boshqalarni olish texnologiyasini ishlab chiqish.